Bu haqda TASSga respublika hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo'mitasining Inqirozlarni boshqarish markazi ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.
Xabarda qayd etilishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Rasht tumanining besh qishlog'ida 40 ta turar-joy binosi to'liq vayron bo'lgan, 5 ta turar joy, 3 ta choyxona va 1 ta yordamchi maktab binosi qisman vayron bo'lgan. Bundan tashqari, Ushturpast qishlog'ida uy devorining ostida qolib ketishi oqibatida uch yoshli bola hayotdan ko'z yumgan. Uning o'limi haqida avvalroq Favqulodda vaziyatlar qo'mitasi xabar bergan edi.
“Tojikobod tumanida jami, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 54 ta turar-joy binosi to'liq vayron bo'lgan, 45 ta bino qisman zarar ko'rgan, 61 ta turar joy binosi va 2 ta o'rta ta'lim muassasasi binosiga yengil zarar yetgan, 196 ta yordamchi bino to'liq vayron bo'lgan, 3 ta choyxona va 1 ta tibbiyot muassasasi qisman zarar ko'rgan”, deyiladi xabarda.