Vahdat shahrida 17, Rudakiyda ikki, Varzobda ham yana shuncha odam halok bo'ldi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Tojikistonda o'tgan yakshanba kuni kuchli yomg'ir yog'di. Kuchli yog'ingarchilik oqibatida sel va toshqin yuzaga keldi. Dastlab 13 nafar qurbonlar haqida xabar berilgan edi. Bir kun avval qurbonlar soni 17 nafarga yetgandi. Tabiiy ofat tufayli respublika hududidagi uylar, ko'priklar, avtomobillar vayron bo'ldi, bundan tashqari, o'nlab tomorqa yerlari suv ostida qoldi, deb xabar beradi mir24.tv.