Respublikada energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlanish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga elektr uskuna va jihozlarni sifatli tayyorlash maqsadida, 2018-yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasini import qilish ishlari qayta yoʻlga qoʻyilgan.
• 2018-yil aprel-sentyabr oylarida 1 480,9 mln. kVt•soat hajmda;
• 2019-yil aprel-oktyabr oylarida 1 425,1 mln. kVt•soat hajmda;
• 2020-yil may-sentyabr oylarida 566,7 mln.kVt•soat hajmda.
“Barki Tochik” OAXKning 2020-yil 13-iyuldagi 11/4344-5561-sonli xatiga asosan Vaxsh daryosining suvi 50 foizga kamayganligi va buning natijasida Nurek gidroelektr stansiyasi suv omborida suv sathining 2019-yilga nisbatan 10 metrga pasayganligi sababli 2020-yil 16-iyuldan boshlab Oʻzbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish qisman toʻxtatilgan edi.
Shundan soʻng,
• 2021-yil may-sentyabr oylarida 1 143,6 mln. kVt•soat hajmda;
• 2022-yil aprel-sentyabr oylarida 823,2 mln. kVt•soat hajmda elektr energiyasi import qilindi.
Joriy yil 12-mayda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Barki Tochik” OAJ oʻrtasida 2023-yil may-sentyabr oylarida jami 1 285,0 mln. kVt•soat hajmda elektr energiyasini import qilish boʻyicha shartnoma imzolandi.