Maʼlumotlarga koʻra, qoʻshni davlatga 2021-yilda 63,6 mln dollarlik 14 turadgi mahsulot eksport qilingan. Shu bilan birga 33 mln dollarlik qurilish materiallari importi amalga oshirilgan. Tojikistondan asosan portlandsement, dala shpati; leysit; nefelin kabi mahsulotlar olib kelingan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida jami 18,2 mln dollarlik qurilish materiallari Tojikiston Respublikasi eksport qilingan. Bu haqda “Oʻzqurilishmateriallari” axborot xizmati maʼlum qildi.

Mamlakatimizdan asosan metall buyumlar (3,9 mln dollar), PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari (3,09 mln dollar), keramika mahsulotlari (2,05 mln dollar), quruq qurilish qorishmalari va sement mahsulotlari (1,8 mln dollar), oyna va oyna mahsulotlari (1,3 mln dollar), issiqlik saqlovchi materiallar (1,08 mln dollar) kabi mahsulotlar yetkazib berilgan.