Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va Bojxona organlari xodimlari tomonidan Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali Tojikistonga chiqib ketayotgan mototransport vositasi tekshirildi.
1999-yilda tugʻilgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Lochin” rusumli mototransport vositasining tirkamasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Tekshiruv davomida taxminiy qiymati 1 mlrd 50 mln soʻmga teng boʻlgan, jumladan “Immunoglobulin”, “Ferritin” kabi 21 nomdagi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ayni paytda ushbu dori vositalari yuzasidan ekspertiza tayinlangan boʻlib, holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.