Tadbir davomida Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro 9 kg 100 gr. “opiy” giyohvand moddasini 54 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.
Aniqlanishicha, ular muqaddam tojikistonlik narkokuryer tomonidan kontrabanda yoʻli bilan Urgut tumani hududiga oʻtkazilib, xufiyona joyga yashirib qoʻyilgan ushbu giyohvand moddani xaridorga berib, undan olingan pul mablagʻini tojikistonlik narkosavdogarga yetkazib berishlari evaziga 2700 AQSH dollari olishlari kerak boʻlgan.