Tokio: mart oyida rekord darajadagi yuqori havo harorati qayd etildi

    Tokioda 1876-yildan buyon olib borilayotgan ob-havo kuzatuvlari davridan buyon mart oyi uchun eng yuqori havo harorati qayd etildi, deb xabar berdi milliy meteorologiya boshqarmasi.

    Yaponiya poytaxtining markaziy Chiyeda tumanida kun davomida termometr ko'rsatkichi 28,1 darajagacha ko'tarildi. Shimoli-g'arbda joylashgan Nerima tumanida esa havo harorati 28,5 darajaga yetgan. Bu ob-havo iyun oyiga xos.

    Avvalgi rekord 2013-yilda qayd etilgan, o'shanda termometr ko'rsatkichi 25,1 darajaga ko'tarilgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.