Unga koʻra, restoranlar, barlar hamda koʻngilochar muassasalarning ishlash vaqtini, ularda spirtli ichimliklar sotilishini cheklash koʻzda tutilmoqda.
Yaponiya hukumati karantin choralarini kuchaytirish orqali olimpiya oʻyinlari paytida pandemik vaziyatning salbiy tomonga oʻzgarib ketishining oldini olishni maqsad qilgan. Mahalliy muxlislarni stadionlarga kirishiga ruxsat berish masalasiga hali oydinlik kiritilgani yoʻq. Agar bunga ruxsat berilsa, Tokioda odamlar oqimi kuchayishi hisobiga koronavirus yuqtirib olish xavfi oshishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Tokio olimpiadasini 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustga qadar oʻtkazish koʻzda tutilgan edi. Pandemiya tufayli olimpiada 2021-yilga koʻchirilgandi. Musobaqalar shu yilning 23-iyulidan 8-avgustiga qadar oʻtkaziladi.