Ta'kidlash lozim, sportchilar faqatgina amaliy mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolmasliglari kerak. Shu sababli Agentlik xodimlari paralimpiyachilarimizga bilib yoki bilmasdan taqiqlangan dori vositalari iste'molidan ogoh bo‘lish, antidoping qoidalariga qat'iy rioya qilish lozimligini uqtirib kelishmoqda.

Kuni kecha Agentlikning Doping sinovlarini rejalashtirish va terapevtik istisnolar bo‘limi hamda Antidoping qoidabuzarliklar va ADAMS monitoringi bo‘limi xodimlari tomonidan sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlari uchun antidoping o‘quv-seminarlari o‘tkazildi va dopingga qarshi kurashga oid turli qo‘llanma materiallar taqdim etildi.

Bunday davra suhbatlari va o‘quv-seminarlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad bo‘lajak chempionlarni halol sport ruxida tarbiyalashdan iboratdir.