Seysmik hodisa o'chog'i Yaponiya poytaxtiga tutash Tiba prefekturasida joylashgan. Manba 40 kilometr chuqurlikda bo'lgan. Hodisa oqibatida yoshi 60 dan 80 gacha bo'lgan uch ayol jarohatlandi. Ular kasalxonaga yotqizilgan.
Tokio markazidagi aholi yer silkinishini his qildi. Shahar hokimiyati fuqarolarni hushyor bo'lishga chaqirdi va yangi zilzila ehtimolini istisno qilmadi, deb xabar beradi mir24.tv.