Tokio yaqinida zilzila yuz berdi

    Yaponiya bosh meteorologiya agentligining xabar berishicha, Tokio yaqinidagi Ibaraki prefekturasida 5,0 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.

    Zilzila o'chog'i 60 kilometr chuqurlikda, epitsentri prefekturaning shimoliy qismida joylashgan.

    Yaponiyada qabul qilingan yetti balli shkala bo'yicha silkinishlarning maksimal kuchi 4 ballni tashkil etdi.

    Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi ria.ru.