Tokio aholisining yarmi olimpiadaning kelgusi yili oʻtkazilishiga qarshi ovoz berishdi

    Sport 30 Iyun 2020 704

    Kyodo News telefon kompaniyasi va Tokyo MX telekanali hamkorligida Tokio aholisi oʻrtasida soʻrov oʻtkazgan. Soʻrov natijalariga koʻra, ishtirokchilarning 51,7 foizdan ziyodi kelasi yili olimpiya oʻyinlari Yaponiyada oʻtishiga qarshi ovoz bergan boʻlsa, 46,3 foizi yoqlagan.

    Olimpiya oʻyinlarining Tokioda oʻtishini yoqlab ovoz berganlarning 31,1 foizi musobaqalar qisqartirilgan holda, 15,2 foizi esa belgilangan tartibda, tantanavor olimpiadani koʻrish istagida.

    Yaponiyaning eng mashhur NHK telekompaniyasining olimpiya oʻyinlarining homiylari oʻrtasidagi soʻrovda esa ishbilarmonlar “Tokio-2020” tashkiliy qoʻmitasi bilan 2021-yil olimpiya oʻyinlari uchun shartnomalar imzolashga shoshmayotganini aytgan.

    Ekspertlar fikricha, joriy yilning 5-iyulida Tokio shahri gubernatorligi uchun oʻtkaziladigan saylov natijalari barchasiga oydinlik kiritadi. Boisi, amaldagi Tokio gubernatori Yuriko Koyke 5-iyulda boʻladigan saylovning ikkinchi turida gʻolib chiqsa, 2021-yilga qoldirilgan olimpiya oʻyinlari qanday koʻrinishda boʻlsada oʻtkaziladi.

    Lekin uning raqibi Taro Yamamotoning qoʻli baland kelsa, Tokio olimpiadasi barcha uchun armon boʻlib qolishi begumon. Zotan, Yamamoto bu haqda oʻz chiqishlarida bot-bot taʼkidlab kelmoqda.

    Toʻlqin ROʻZIYEV.