“Men odamlarni o'ldirmoqchi bo'ldim”, deya ayolning so'roq paytidagi so'zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Kecha kechqurun Tokiodagi  “Yamanote” yo'nalishidagi “Akixabara” stansiyasida to'xtagan poyezdda bir ayol pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Hodisa oqibatida to'rt kishi jarohatlangan.

Hujum qilgan ayol voqea joyida qo'lga olindi. Uning aniq yoshi noma'lum, ammo agentlik uning yoshi 20 – 30 atrofida ekanini ta'kidladi, deb xabar beradi ria.ru.