Vafot etganlarning barchasi 50 yoshdan yuqori boʻlib, ularning koʻpchiligini 70 yoshli kishilar tashkil etadi. Ular orasida koʻpgina qismi oʻz uyida jon taslim qilgan holda topilganligi taʼkidlanadi. Unday hollarda ularning uylarida konditsionerning ishlamaganligi yoki oʻrnatilmaganligi eʼtiborni tortgan.
Ushbu hafta oʻtayotgan yozning Yaponiya uchun eng issiq haftasi deb topildi. Dushanba kuni markaziy shaharlardan biri Xamamatsuda (Sidzuoka prefekturasi) havo harorati 41,1 darajagacha koʻtarilgan. Xuddi shunday rekord bundan ikki yil avval kuzatilgan ekan. Tokioda ham kunduz paytlari havo harorati 35-36 darajadan pasaymagan.
Odatda Yaponiyada issiq havo iyul oyining oʻrtalarida, yomgʻir mavsumi oʻtgandan keyin kuzatilgan. Lekin bu yil iyul oyi havo bulutli boʻlib, mamlakat hududida koʻplab daryo toshqinlari va koʻchkilar keltirib chiqargan yogʻingarchiliklar tezligi jihatidan rekord darajada davom etgan.
Oʻtgan yili jaziramadan 70 mingdan koʻpi esa jabrlangan boʻlib, 126 kishi qurbon boʻlgan ekan.