Gumonlanuvchilar oʻtgan yilning 30-dekabr kuni ertalab soat 5:30 lar atrofida uch nafar chet ellik bilan mushtlashuv uyushtirish, soʻngra qiymati 210 ming iyena (taxminan 1500 dollar) boʻlgan hamyon va sumkalarini oʻgʻirlash boʻyicha til biriktirganlikda ayblanmoqda. Aytilishicha, ular erkaklardan birining yuziga tepib, tan jarohati yetkazgan.
Politsiya maʼlum qilishicha, toʻrt nafari noqonuniy ravishda Yaponiyada boʻlgan guruh mast odamlardan oʻgʻirlangan kredit kartalari yordamida sotib olingan smartfonlarni qayta sotish orqali 8 million iyena (55 ming dollar) ishlab topganlikda ham gumon qilinmoqda.
Jinoyatlar oʻtgan yilning avgustidan joriy yilning fevraligacha Shibuya va Shinjuku gavjum hududlarida kamida 10 ta holatda sodir etilgan. Politsiya qoʻlga olinganlarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligini tekshirmoqda.
Qayd etilishicha, guruh yetakchisi aralash yakkakurash boʻyicha 21 yoshli jangchi boʻlishi mumkin. Yaponiya OAV u advokat bilan uchrashmaguncha koʻrsatma berishdan bosh tortgani haqida xabar berdi. Qolgan toʻrt nafari ayblovlarni rad etgan.