Suhayl Shahin aviatsiya texnikasi atrofidagi qarama-qarshiliklar haqidagi savolga javob berar ekan, ular qardosh davlatlar bilan munosabatlarimizga taʼsir qilmasligini taʼkidladi. U Islom Amirligi Oʻzbekiston bilan azaldan yaxshi munosabatlarga ega boʻlgani va ega ekanligi hamda bu davlat uzoq vaqtdan beri Tolibonning siyosiy rahbariyati bilan yaxshi aloqa oʻrnatganini taʼkidladi.
“Oʻzbekiston Afgʻoniston xalqiga bir necha bor insonparvarlik yordami joʻnatgan, buning uchun biz undan minnatdormiz. Bu davlat Afgʻonistondagi megaloyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish niyatida. Biz ikkalamiz ham musulmon davlatmiz hamda bir-birimiz bilan tinchlik va birodarlikda yashashni xohlaymiz. Biz bu va boshqa har qanday masalani diplomatiya yoʻli bilan hal qilishimizga ishonaman”.