Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:
- bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
- PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
- oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
- qabul parametri doirasida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
- tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super) asosida oʻqish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik oʻqitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.