Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar qildi.
Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.
Shuningdek, belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi oʻquv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.
Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari boʻyicha batafsil maʼlumot beriladi.
2022-yil 5-sentyabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) toʻlov-shartnomani onlayn yuklab, toʻlovni amalga oshirishlari mumkin.