Toʻlovlarni amalga oshirishda vositachilik haqining chegaraviy miqdori belgilandi

    Mamlakatimizda 26 Aprel 2023 2379

    Mazkur qaror 2023-yil 1-maydan kuchga kiradi.

    Benefitsiari byudjet va korporativ buyurtmachilar boʻlgan toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlanadigan vositachilik haqi (yigʻimlar)ning chegaraviy miqdorini belgilash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami – 3429, 25.04.2023-y.)

    Qarorga koʻra, jismoniy shaxslar tomonidan Prezident qarorida koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirishda har bir tranzaksiya boʻyicha toʻlov xizmatlari uchun byudjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan toʻlanadigan vositachilik haqi (yigʻimlar)ning chegaraviy miqdori BHMning 20 foizi etib belgilandi.

    Mazkur qaror 2023-yil 1-maydan kuchga kiradi.