Oʻtkazilgan uchrashuvdan maqsad — BMTTDning Oʻzbekistondagi faoliyati bilan tanishish va milliy hamkorlar bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan loyihalarni muhokama qilish.

Maʼlumot uchun, Tomas Torogud BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi faoliyati bilan tanishish va mamlakatdagi milliy va mahalliy sheriklar bilan bir qator uchrashuvlar uyushtirishni rejalashtirgan. Uning doimiy joylashuvi Namangan shahrida boʻladi va BMT Taraqqiyot dasturining Fargʻona vodiysidagi milliy hamkorlari sifatida faoliyat yuritadi, deb xabar beradi DXA matbuot xizmati.