Tashkiliy masala ko'rib chiqilgan mazkur sessiya ishida Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov so'zga chiqib, Aldabergenov Kayrat Tutkaboyevichni tuman hokimi lavozimidan ozod etish to'g'risida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini o'qib eshittirdi.
Tomdi tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish Tomdi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari Orzumurod Umarov zimmasiga yuklatildi.