Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi rahbari Ulugʻbek Shokirov va “SAMSUNG Electronics CO. LTD” korporatsiyasining telekommunikatsiya boʻlimi biznes menejeri Kim Eun Woo oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida Oʻzbekiston Respublikasiga mobil qurilmalarni rasmiy ravishda olib kirish va ularning hisobini yuritish boʻyicha maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, sertifikatsiz tovarlar yetkazib berishni aniqlash va oldini olish uchun tomonlarning istiqbolli hamkorligini rivojlantirish, mobil qurilmalarni yetkazib berish hajmi boʻyicha statistik maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish lozimligi belgilab olindi.
Shuningdek, yigʻilish ishtirokchilari “SAMSUNG Electronics CO. LTD” kompaniyasining rasmiy dilerlik shoxobchalari sonini oshirishga kelishib olishdi.
Yigʻilish soʻngida tomonlar samarali hamkorlikni mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ikki taraflama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash tarafdori ekanliklarini taʼkidlab oʻtishdi.