Tomskda O‘zbekiston fuqarosi bilan yuz bergan holat yuzasidan

    Tashvishli xabar 4 May 2021 826

    Ba’zi ijtimoiy tarmoq sahifalarida Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida Federal xizmati xodimi tomonidan O‘zbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuch ishlatgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

    Ushbu holatga aniqlik kiritish, shuningdek har tomonlama va ob’ektiv tekshiruv o‘tkazish yuzasidan O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi hamda Agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegishli so‘rovnomalar yuborildi.

    Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqyea bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan.

    Amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.