Qayd etilishicha, unga koʻra, MJtK kelgusida “126-1(prim1)-modda bilan toʻldirilishi va haydovchilar oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomada koʻrsatilgan talablarni buzib, transport vositalaridan foydalanganligi uchun BHMning 1 baravari miqdorida (375 ming soʻm) jarima solishga sabab boʻladi.
Maʼlumot uchun, shu kungacha ushbu huquqbuzarlik uchun BHMning 25 baravari miqdorida (9 mln 375 ming soʻm) jarima solinar edi.
Shuningdek, 12 ballik tizim boʻyicha qonun qabul qilinsa, oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun 0.5 ball jarima solinadi.