"Tonirovka" uchun soxta ruxsatnoma tayyorlovchilar qo‘lga tushdi

    Mirolim ismli shaxs jinoiy sheriklari bilan 241 nafar fuqaroga qalbaki ruxsatnomalarni har birini 2 mln 400 ming soʻmga sotib kelgan.

    Toshkent viloyati Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi 1991-yilda tugʻilgan Mirolim ismli shaxs 2022-yilning iyul oyida internet tarmogʻi orqali mygovuz.net xosting generati Yagona interativ davlat xizmatlari orqali amaldagi transport vositalari oynalari tusini qoraytiruvchi ruxsatnomadan nusxa olgan.

    Fotoshop progammasi orqali ruxsatnomadagi maʼlumotlarni oʻzgartirish yoʻli bilan soxtalashtirgan. 2022-yilning iyul oyidan 2023-yilning mart oyiga qadar, jinoiy sheriklari bilan jami 241 nafar fuqaroga ushbu qalbaki ruxsatnomalarni har birini 2 mln 400 ming soʻmga sotib kelgan.

    Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.