Bundan tashqari, UZTELECOM 2024-yilning birinchi choragida eng ko‘p soliq to‘lagan eng yirik davlat va xususiy korxonalar orasida yetakchi bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichlar Kompaniyaning milliy iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi va soliq majburiyatlariga mas’uliyatli munosabatidan dalolat beradi.

UZTELECOM telekommunikatsiya sohasidagi yetakchi sifatida barqaror ish o‘rinlarini ta’minlash va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatning iqtisodiy hamda telekommunikatsion taraqqiyotini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.

Shuningdek, UZTELECOM “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarida muhim o‘rin tutadi va mamlakatimizda telekommunikatsiya hamda IT-loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati