Top Rank Bahodir Jalolovning Fyuri-Usik kardida jang qilishini tasdiqladi

    Sport 17 Yanvar 2024 538

    Hozircha Bahodirga boʻlajak jangda kim raqiblik qilishi maʼlum emas.

    17-fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi “Kingdom Arena”da professional boks oqshomi tashkil etiladi.

    Oqshomning asosiy jangi superogʻir vazn toifasi chempionlari - Tayson Fyuri hamda Aleksandr Usik oʻrtasida oʻtkaziladi. Ushbu turnirda hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham ringga koʻtariladi.

    Buni dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi ham tasdiqladi. Jalolov aynan shu kompaniya mijozi hisoblanadi. Hozircha Bahodirga boʻlajak jangda kim raqiblik qilishi maʼlum emas.