Amudaryo tumani “Qilichboy” OFY hududida fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan oq qush topilgan edi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining Amudaryo tumani inspeksiyasining davlat inspektorlari mazkur noyob oq qushni tumanda joylashgan “Say koʻl”ga — tabiat qoʻyniga qoʻyib yubordi, deb xabar beradi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Oq qushlar tinchlik va poklik ramzi. Ular inson oq qalbi kabi buyuklikka talpinadi.