To'plangan natijalarga qarab super-kontrakt narxlari e'lon qilindi

    Ta'lim 29 Sentabr 2020 39961

    OTMga kirish uchun yetarli ball to'play olmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt narxlari e'lon qilindi.

    Kirish chizigʻiga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda toʻlaydi:

    1 ballgacha etmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

    1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

    2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

    3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

    Toʻplagan bali kirish chizigʻiga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan koʻp ball toʻplagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari quyidagicha:

    eng qimmat miqdor yurisprudensiya yoʻnalishida — 25 barobar, yaʼni 229 mln 184 ming soʻm.

    Keyingi oʻrinda tibbiyot yoʻnalishiniki — 20 barobar, yaʼni 170 mln 649 ming soʻm.

    Qolgan yoʻnalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.

    Eslatma: barobar - taʼlim yoʻnalishiga belgilangan kontrakt summasining barobari nazarda tutilmoqda.