Toʻqimachilik korxonalari uchun eng katta masalalardan biri bu – xom ashyo

    Yurtimizda 1 million 300 ming tonna tolani qayta ishlash quvvati bor. Keyingi 2-yilda yangi loyihalar hisobiga ushbu quvvatlar 1,5 million tonnaga yetadi. Lekin hozirda 1 million tonnaga yaqin tola ishlab chiqarilmoqda.

    Bunday sharoitda yakkayu-yagona yoʻl – paxta yetishtirish tannarxini kamaytirish va hosildorlikni oshirish shartligi taʼkidlandi.

    Bundan buyon viloyatda qayta ishlashni birinchi va ikkinchi zanjiri bor toʻqimachilik korxonasi paxta xom ashyosini fermerdan bozor narxida sotib olish imkoniyatiga ega boʻladi va oʻz vaqtida yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradi.

    Bugungi kunda chetdan yuqori hosildor urugʻlik chigit keltirib, 100 ming gektarga ekish ishlari olib borilmoqda.

    Ayni kunlarda Xorazm 8 ming gektarga chigitni toʻliq ekib boʻldi. Andijon ekishni yaqinda tugatadi. Qoraqalpogʻiston, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ekish ishlari 10 foiz, Qashqadaryo, Namangan, Fargʻonada 30 foiz, Buxoro, Jizzax va Sirdaryoda 60 foizga ham bormasligi qayd etildi.

    Mutasaddilarga bu boradagi ishlarni jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi.