Qirgʻiziston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida toʻqimachilik sanoatidagi aloqalar soʻnggi yillarda jadallashgani sir emas. Davlat rahbarining qoʻshni davlatlar bilan qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan siyosati Qirgʻiziston bilan keng koʻlamdagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga omil boʻldi. Va buning natijasida toʻqimachilik sanoatida ham sezilarli natijalarni kuzatish mumkin.
Hozirda, qirgʻiz va oʻzbek toʻqimachilik korxonalari oʻrtasida mustahkam aloqalar oʻrnatilgan boʻlib, ishlab chiqarish, investitsiya, moda va koʻrgazmalar va boshqa yoʻnalishlarda keng ishlar olib borilmoqda.
Qirgʻiziston Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarining uchinchi eng yirik isteʼmolchisi hisoblanadi. Soʻngi 3 yil ichida 771,8 mln. dollarlik mahsulot eksport qilingan boʻlib, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 67,3 mln. dollarni tashkil etdi. Eksport strukturasida 67,1% tayer mahsulotlar ulushiga toʻgʻri keladi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, pandemiyaga qaramiy Qirgʻizistonga toʻqimachilik mahsulotlari eksporti kesgin oshganligini kuzatish mumkin.
Ayni kunlarda Namangan viloyatida joylashgan “Art Soft Holding” kompaniyasi tomonidan Qirgʻiziston Respublika Jalolobod viloyati Nookent tumanida umumiy qimayti 25 mln.dollarlik — paxta-tozalash zavodi, ip-kalava va tayer kiyim ishlab chiqarish fabrikasi, mashina-traktor parki va yogʻ-moy ishlab chiqarish zavodini oʻz ichiga oluvchi paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish boʻyicha loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan.
“Art Soft Holding” MCHJ maʼlumotiga koʻra va yangi ishga tushirilishi kutilayetgan fabrika Nookent tumanida boʻsh yotgan binolarda amalga oshirishi belgilangan va toʻliq ishlab chiqarish zanjirini yaratadi.
Bundan tashqari, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Qirgʻizistonning toʻqimachilik sanoati tashkilotlari bilan keng aloqalarni oʻrnatgan.
Ikki tomonlama anglashuv memorandumlari imzolangan. Ular doirasida qirgʻizistonlik hamkorlar Oʻzbekistonga tashrif buyurib, koʻrgazma va forumlarda faol qatnashib kelishmoqda, ikki davlat korxonalari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, bilim va koʻnikmalar bilan boʻlishish anʼana tusiga aylangan.