Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 751 trillion soʻmni tashkil etgan. Bu oʻrtacha almashuv kursi (11 556,2 soʻm) boʻyicha qariyb 65 milliard AQSH dollariga teng.
2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 20,7 million soʻm (1 ming 789,5 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2022-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,6 foizga oshgan.