O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi buyrug'iga ko'ra 9 ta tuman davlat soliq inspektsiyasi boshliqlari tayinlandi.

Seitov Aydos Iskenderovich Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Aydos Seitov 1985 yilda Qoraqalpog'iston Respublikasida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini “Iqtisodchi” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

A.Seitov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi YUridik shaxslarga xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2010 yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasining Ruxsatnoma byuro navbatchisi lavozimidan boshlagan.

Aydos Seitov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Qurbonov Lochinbek Inomidinovich Andijon viloyati Izboskan tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Lochinbek Qurbonov 1988 yilda Andijon viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2010 yilda Andijon qishloq xo'jaligi instituti “Iqtisodchi” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

L.Qurbonov bundan avval Andijon shahar davlat soliq inspektsiyasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2011 yilda Andijon shahar DSI YUridik shaxslar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun to'lov muddati o'tgan qarzlarni yig'ish va mablag'larni to'liq tushishini nazorat qilish sho''basi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

Lochinbek Qurbonov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi. 

Ablazov Qobiljon Sobirovich Andijon viloyati Asaka tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Qobiljon Ablazov 1972 yilda Andijon viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 1997 yilda Farg'ona politexnika institutini “Iqtisodchi” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

Q.Ablazov bungacha qadar Andijon viloyati Asaka tumani davlat soliq inspektsiyasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo'limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Muminov elmurod Inomovich Andijon viloyati Ulug'nor tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.  

elmurod Muminov 1983 yilda Andijon viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2004 yilda Farg'ona soliq kollejini tamomlagan, 2008 yilda Soliq akademiyasini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

e.Muminov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati SHahrixon tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2008 yilda Andijon viloyati SHahrixon tumani davlat soliq inspektsiyasi YAkka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solish sho''basi bosh inspektorligidan boshlagan.

elmurod Muminov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi. 

Umarov Orzumurod Fayzullaevich  Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Orzumurod Umarov 1976 yilda Navoiy viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2007 yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini “Agronom hisobchi, avtotransport korxonalari menejmenti” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

O.Umarov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i lavomida faoliyat yuritayotgan edi.

Orzumurod Umarov Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi. 

Berdiev SHerali Oltinovich Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

SHerali Berdiev 1978 yilda Buxoro viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 1997 yilda Buxoro kooperativ texnikumini tamomlagan. 2011 yilda Soliq akademiyasini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo'yicha tugatgan.

SH.Berdiev bundan avval Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 1999 yilda Navoiy viloyati Navoiy tumani davlat soliq inspektsiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo'limi uchastka davlat soliq inspektori, katta inspektori lavozimidan boshlagan.

SHerali Berdiev Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Ro'zimurodov Alijon Hamzaevich Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Alijon Ro'zimurodov 1985 yilda Navoiy viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2007 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2010 yilda Toshkent moliya institutini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

A.Ro'zimurodov bunga qadar Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi Kadrlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2007 yilda Navoiy shahar davlat soliq inspektsiyasi ish yurituvchisi sifatida boshlagan.

Alijon Ro'zimurodov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi. 

Bababekov Vohidjon Vaxobovich Farg'ona viloyati Farg'ona shahar davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Vohidjon Bababekov 1977 yilda Farg'ona viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 1996 yilda Farg'ona industrial texnikumini, 2006 yilda Farg'ona politexnika institutini “Buxgalteriya hisobi va xo'jalik tahlili, moliyachi” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

V.Bababekov bunga qadar Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar davlat soliq inspektsiyasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 1996 yilda Farg'ona viloyati Quva tumani davlat soliq inspektsiyasi Hisob-kitob, tahlil va soliq statistikasi bo'limi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

Vohidjon Bababekov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi. 

Qoraboev Nurlibek SHakarboevich Samarqand viloyati Qo'shrabot tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i etib tayinlandi.

Nurlibek Qoraboev 1985 yilda Samarqand viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2008 yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

N.Qoraboev bundan avval Samarqand viloyati Ishtixon tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2012 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumani davlat soliq inspektsiyasi YUridik shaxslarga soliq solish bo'limi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

 Nurlibek Qoraboev Soliq xizmatining I darajali inspektori.

 DSQ Matbuot xizmati