Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimi rahbari Hayotxon Ortiqboyeva Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, shoirlar Nodir Jonuzoq, Gʻayrat Majid, Sobir Shukurov, Muhammad Ismoil kabi bir qator mehmonlarni Toʻra Sulaymon uy-muzeyida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Ular ishtirokida mazkur muzeyning ilk gʻishtlari qoʻyildi.
Galdagi uchrashuv Guliston davlat universitetida boʻlib oʻtdi. Yuzma-yuz diydor chogʻida mamlakatimizda amaldagi islohotlarning ahamiyati, unda inson qadrining ulugʻlanishi, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, oʻzbek adabiyoti va sanʼati rivoji yoʻlidagi ezgu jarayonlar haqida soʻz bordi.
Shoirlar tomonidan Vatanni, erkimizni, bugungi davrni madh etuvchi sheʼrlar jarang sochdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid universitet kutubxonasiga ikki yuzdan ortiq badiiy kitoblar sovgʻa qildi. Ijodiy muloqotda yoshlarning koʻzlarida adabiyotga, sheʼriyatga boʻlgan mehr-muhabbat yaqqol namoyon edi.
Viloyatdagi tadbirlar davom etmoqda.
Zulayho AHMADJONOVA,
jurnalist










