To'raqo'rg'on issiqlik elektr stantsiyasi favqulodda to'xtatildi

    Namangan viloyatidagi “O'ztransgaz” AJga qarashli magistral gaz quvuri o'tgan er maydonida noma'lum shaxslar tomonidan kelishmasdan erni qazish ishlari olib borilgani natijasida gaz quvuriga shikast etkazgan.

    Bu haqda energetika vazirligi ma'lum qildi.

    Ushbu gaz quvuri To'raqo'rg'on IeSni yoqilg'i bilan ta'minlaydi. Mazkur gaz quvuriga etkazilgan shikast natijasida To'raqo'rg'on issiqlik elektr stantsiyasi favqulodda to'xtatildi.

    Hozirgi vaqtda nosozliklarni bartaraf etish, shuningdek, elektr ta'minoti uchun zaxira quvvatlarini ishga tushirish bo'yicha barcha choralar ko'rilmoqda.

    Boshqa elektr stantsiyalarida zaxira energobloklarini ulash bo'yicha ishlarni bajarish uchun ma'lum vaqt zarurligini inobatga olgan holda, ayrim hududlarda elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.