Yana 67 ta mahalla kesimida 402 ta oilaning har biriga o'rtacha 300 kg.dan, jami 120 tonna ko'mir berishga ertadan kirishiladi.
To'raqo'rg'onning O'zbekiston, Oqtosh, Toshkent, Sharq mahallalarida 39 ta ko'p qavatli turar-joy mavjud bo'lib, ikki mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Xonadonlarda elektr va gaz ta'minoti uzluksizligini ta'minlash bo'yicha tizim yo'lga qo'yilgan. Palov tayyorlanib, odamlarga ulashilmoqda.
Jarayonlarda shaxsan tuman rahbari Ahrorbek Mansurov ishtirok etmoqda. O'tgan kuni 250 ta oila yashaydigan «O'zbekiston» mahallasidagi ko'p qavatli uy egalari uchun 50 kg. guruch damlanib, o'choq oshidan ehson uyushtirilgandi.