Viloyat hokimi tashabbusi va koʻmagi bilan esa Kuymozor, Ibrat, Yettikon, Katta Qurama, Zarbdor, Baxt mahallalarida ichimlik suvi, yoʻl, elektr energiyasi taʼminotidagi muammolar bartaraf etildi.

Joriy 2021-yilda yana Sharq, Kujron, Qodirobod va Saroy mahallalari ham obod boʻladi. Ayni kunlarda bu joylarda qizgʻin harakatlar davom etmoqda.

Bundan tashqari, eng chekka hududlardan biri boʻlgan Uzumzor esa goʻzal qiyofaga kirmoqda. Bu yerda 351 ta xonadonda 1720 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Ular asosan uzumchilik bilan shugʻullanishadi. Keyingi yillarda plyonka ostiga qulupnoy va kartoshka ekishda ham ilgarilab ketishdi.

Mehnatkash odamlar mahallaning obodlashayotganidan xursand. Chunki loyihaga koʻra, elektr taʼminoti boʻyicha 3 ta transformator punkti, 3,9 kilometr ichki tarmoq mukammal va joriy taʼmirlanadi. 110 ta xonadonga uylari fasadlarini oʻzgartirish uchun chizma takliflar berilgan.

Shuningdek, tumandagi Kalvak, Kumidon mahallalarida ham tuman hokimligi tashabbusi bilan ichki yoʻllar, ichimlik suvi, elektr taʼminotidagi muammolar hal qilishga kirishildi.