110 o'ringa ega tug'ruqxona investitsiya dasturi asosida rekonstruktsiya qilinib, mustaqillik bayrami oldidina foydalanishga topshirildi. Kompleks “Bunyodkor Mubosher” MCHJ tomonidan 16 milliard so'mdan ortiq mablag' evaziga bunyod etildi.
Shifo maskanida tug'ruqni qabul qilish, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ona va chaqaloq sog'lig'ini muhofaza qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 6 ta tug'ruq zali, 2 ta operatsiya xonalari zamonaviy jihozlangan. Palatalar ham talablar darajasidagi jihoz va qurilmalar bilan ta'minlangan.