Tormozi nosoz yuk mashinasi yettita yengil transport vositasini yoʻldan chiqardi

    Shu yilning 1-oktyabr, seshanba kuni Samarqand shahar hududidan oʻtuvchi M-37A avtomobil yoʻlining 42 kilometirida “KamAZ” yuk transport vositasi ishtirokida YTH sodir boʻldi.

    Viloyat IIB YHXB bergan maʼlumotga koʻra, yuk mashinasining tormoz qismida nosozlik yuzaga kelganligi sabab, u oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan yettita yengil transport vositasining ortidan kelib urilgan.

    Hodisada tan jarohati olgan va vafot etganlar qayd etilmagan.

    Holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.