O'zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama Xalqaro Madaniyat karvonsaroyida Navro'z umumxalq bayrami O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganining 30 yilligiga bag'ishlab ijodkor rassomlar Dilafrus Demeeva, Anna Yur'yeva, Andrea Sal'zmon va Anastasiya Nikitina — Jevakinalarning “Mushohada vaqti” nomli ko'rgazmasi tashkil etildi.
Unda ijodkorlarning rangtasvir va kulolchilik bo'yicha ijod namunalari taqdim qilindi.
ekspozitsiyada Dilafrus Demeeva “Bahor kuyi”, “Bahorning xushbo'y isi”, “Suvning qudrati”, “Havo varragi” kabi, Anna Yur`yeva “Mushohada vaqti”, “Bayram”, “Yapon shamchiroqlari”, “Besh qism: suv, daraxt, olov, tuproq, metal`” Andrea Sal`zmon “Elpig'ich”, “Kunchiqar mamlakat”, “Ertalabki quyosh”, Anastasiya Nikitina — Jevakinalarning “Kumush dars”, “Sirli o'rmon”, “Na'matak gullari” va boshqa qator ijodiy ishlari o'rin olgan.
Ko'rgazma namoyishi bugun yakuniga etadi.
Hasan Abdunazarov