Toʻrt nafar koʻngillida antitanachalar aniqlandi

    Dolzarb 27 Avgust 2020 585

    “Vektor” markazining COVID-19ga qarshi vaksinalari sinovida ishtirok etayotgan 4 nafar koʻngillida antitanachalar aniqlangan.

    Bu haqda markazning biologik va texnologik nazorat boʻlimi laboratoriya mudiri Svetlana Usova maʼlum qildi.

    Uning tushuntirishicha, hozirgi vaqtda sinovdan oʻtayotgan vaksina ikki qismdan iborat boʻlib, ulardan birinchisi bilan bemor shifoxonaga yotqizilishi bilan emlanadi. Samarasini kuchaytirish maqsadida ikkinchisi bilan esa, 21 kun oʻtgach, emlanadi. Hozircha toʻrt nafar bemor emlanishning ikkala bosqichidan ham oʻtgan. Ularning barchasi oʻzlarini yaxshi his etyapti, hech qanaqangi asoratlar kuzatilmagan.

    S.Usovaning taʼkidlashicha, bemorlarda koʻngilsiz holatlar yuzaga kelmagan, ularning markaziy nerv tizimida yoki yurak-qon tomir tizimida ham biz murakkablik kuzatmadik. Tana harorati ham koʻtarilmagan. Aniqroq qilib aytsak, umumiy va mahalliy reaksiyalarning rivojlanishi kuzatilmagan.

    Lekin shunga qaramay u immunogenlik haqida hali fikr bildirishga erta ekanligiga eʼtibor qaratdi. Chunki hali bor-yoʻgʻi toʻrt nafar koʻngilli sinovdan toʻliq oʻtgan. “Vektor” markazining koronavirusga qarshi vaksinalari sinovida jami 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan 100 kishi ishtirok etyapti, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.