Unda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro forumga taklif etilgan xorijlik mehmonlar hamda mahalliy havaskor shaxmatchilar ishtirok etishdi. Qatnashchilarning umumiy soni qariyb 50 nafarni tashkil etdi.

Do‘stona ruhda o‘tgan musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida o‘tkazilib, bu orqali qarorda belgilangan 2025-yilga qadar shaxmat bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini 3 foizga yetkazish, qo‘shimcha ustuvor sport turi sifatida shaxmat rivojlantirilishi lozim bo‘lgan respublika tuman (shahar)lari sonini 40 taga yetkazish, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxmat bo‘limlari va seksiyalari sonini oshirish, mamlakatimizning Xalqaro shaxmat federatsiyasidagi (FIDE) reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash va 2025-yilda birinchi 10 talikka kirishiga erishish kabi vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.