Professional boks musobaqasining asosiy bahsi 66.7 kg vaznda toshkentlik Azim Yusupov va fargʻonalik Dilmurod Usmonov ishtirokida oʻtkazildi.

Oʻz vaqtida havaskor boksda bir necha xalqaro turnirlar gʻolibi, Toshkent shahar chempioni boʻlgan Azim Yusupov 5 raundlik jangning birinchi raundidayoq raqibidan ancha ustun ekanini namoyish etib, gʻoliblikka erishdi va professional boksdagi oʻzining toʻrtinchi gʻalabasini nishonladi.

Musobaqa jarayonida, shuningdek, Ahmadbek Mamajonov, Bekzod Saparboyev, Husan Yoʻldashev oʻz vaznlarida muvaffaqiyatga erishishdi.

Sport tadbiri tashkilotchilaridan biri “Ruslan-bohing” promouterlik kompaniyasi rahbari R.Dadaboyevning bildirishcha, ushbu professional boks musobaqasi koʻplab yoshlarning iqtidorini namoyish qilish hamda oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrish uchun munosib maydon boʻlib xizmat qildi.

 

Vazn toifasi

 p/p

I. F

Hudud

 

I. F

Hudud

4 raund

60 kg

1

Jasurbek Rafikov

Toshkent viloyati

-

Nodir Isroilov

Toshkent

4 raund

75 kg

2

Bekzod Saparbayev

Qibray

 

Raimkul Kuchkarov

Chirchiq

4 raund

90,7kg

3

Xalil Zoxidov

Toshkent

-

Abror Soliyev

Chinoz

4 raund

90,7 kg

4

Xusan Yuldashev

Toshkent

-

Nurilla Muxtarov

Fargʻona

4 raund

90,7 kg

5

Axmadbek Mamajanov

Namangan

-

Saidullo Ergashev

Toshkent

 

4 raund

66,7 kg

6

Azim Yusupov

Toshkent

-

Dilmurod Usmonov

Fargʻona

Oʻzbekiston professional

boks federatsiyasi Matbuot xizmati.