Toshkent - Andijon - Toshkent: qo'shimcha yo'lovchi poyezdi qatnovi boshlandi

    Transport 27 May 2020 2302

    2020 yil 26 may kuni dan boshlab Toshkent - Andijon - Toshkent yo'nalishida 62/61-sonli yo'lovchi poyezdi harakati qayta tiklandi.

    Mazkur poyezd qatnovi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo'nalishlarda temir yo'l qatnovlarini yo'lga qo'yishning Vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

    Yo'lovchilar chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin, faqat poezdga chiqishdan oldin yo'l varag'ini to'ldirishlari va Vaqtinchalik o'rnatilgan tartibga xamda sanitariya gigiena qoidalariga qat'iy rioya qilishlari talab qilinadi.

    IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.