Toshkent — Nyu-York
Toshkentdan ketish vaqti — 06:45, Nyu-Yorkka qoʻnish vaqti -11:00
Nyu-York-Toshkent
Nyu-Yorkdan ketish vaqti — 13:00, Toshkentga qoʻnish vaqti — 10:00 +1.
Toshkent — Nyu-York yoʻnalishi boʻyicha charter qatnoviga aviachiptalar sotuvi “Uzbekistan Airways Sales” Markaziy sotuvlar ofisida 2020-yil 5-avgust soat 9.30dan boshlab amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni jonli navbat tartibida va yoʻlovchining oʻzi tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olish mumkin:
- Xorijiy fuqarolar uchun — pasport;
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — pasport va ketish uchun asos, deb xabar beradi “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati.
Shuningdek, xabarda tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida oʻz xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam soʻramaslik kerakligi haqida ogohlantiriladi.