Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga ("Chorvoq" erkin turistik zonasiga) grafik asosida harakatlanuvchi mavsumiy avtobuslar qatnovi koʻpaytirildi.
Endilikda avtobuslar "Mashinasozlar" metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi.
Chorvoqdan (Humson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.
Qatnovlar "Uzautotrans service" korxonasining "YUTONG" avtobuslarida amalga oshirilmoqda.
Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.