Toshkent – Namangan – Toshkent yoʻnalishida muntazam aviqatnovlar qayta tiklandi

    Bugun, 5-aprel sanasidan eʼtiboran “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi Toshkent – Namangan – Toshkent yoʻnalishida muntazam qatnovlarni qayta tikladi.

    Erta tongda “Namangan xalqaro aeroporti”ga Toshkent – Namangan yoʻnalishida parvozni amalga oshirgan Airbus A-320 rusumli havo kemasi kelib qoʻndi. Ushbu reys orqali 51 nafar hamyurtimiz oʻz manziliga yetkazildi.

    Mazkur yoʻnalishda parvozlar haftada ikki marotaba dushanba va payshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.

    HY 095 Toshkent – Namangan 08:30/09:30
    HY 096 Namangan – Toshkent 10:30/11:30