“Toshkent – Samara” yoʻlovchi poyezdining harakati qayta tiklandi

    Transport 24 Iyun 2022 1078

    22-iyun, soat 19:05 da “Toshkent Markaziy” temir vokzalidan “Toshkent – Samara” yoʻnalishidagi 5-sonli xalqaro yoʻlovchi poyezdi harakati boshlandi.

    “Toshkent – Samara – Toshkent” poyezdi haftaning payshanba kuni soat 19:05 da “Toshkent-Markaziy” temir yoʻl vokzalidan joʻnab ketadi va shanba kuni soat 18:14 da Rossiya Federatsiyasining “Samara” temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.

    Shuningdek, Samaradan yakshanba kuni soat 16:11 da joʻnab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga seshanba kuni soat 16:56 da yetib keladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.