Toshkent – Termiz – Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyildi

    Transport 7 Yanvar 2023 902

    Qishki taʼtil kunlari uzaytirilishi munosabati bilan “Toshkent – Termiz – Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

    Poyezdlar harakat jadvali quyidagicha:

    2023-yilning 16 va 18-yanvar kunlari 158-sonli “Toshkent – Termiz” yoʻnalishi:

    Toshkent 21:42 – Termiz 11:41

    2023-yilning 17 va 19-yanvar kunlari 157-sonli “Termiz – Toshkent” yoʻnalishi:

    Termiz 15:10 – Toshkent 05:42

    Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Eslatib oʻtamiz, chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz