“Toshkent — Termiz — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi

    Transport 13 Dekabr 2022 1670

    Yangi yil bayrami munosabati bilan yoʻlovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent —Termiz — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi.

    Quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    2022-yilning 17-19-21-24-26-28-dekabr kunlari hamda 2023-yilning 2-4-7-9-11-14-yanvar kunlari 157-sonli “Toshkent — Termiz” yoʻnalishi:

    Toshkent 21:42 — Termiz 11:41

    2022-yilning 18-20-22-25-27-29-dekabr kunlari va 2023-yilning 3-5-8-10-12-15-yanvar kunlari 157-sonli “Termiz — Toshkent” yoʻnalishi:

    Termiz 15:10 — Toshkent 05:42

    IZOH: Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz